Mocky iconMocky

SHARTNOMA

(IELTS MOCK imtihoni xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida)

Ushbu hujjat IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan shaxslarga IELTS MOCK imtihoni xizmatlarini taqdim etish haqidagi ommaviy oferta (bundan keyin — “Oferta” yoki “Shartnoma”) matnidir.

Oferta, uning aksepti (qabul qilinishi) paytida amal qiladi va “DIYORBEK'S IELTS” NTM tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin.

“DIYORBEK'S IELTS” NTM potensial Buyurtmachilarga IELTS formatidagi sinov imtihonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni taklif etadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida quyidagi shartlarda shartnoma tuzishni taklif etadi.

1-BO‘LIM. SHARTNOMADA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR

1.1. Ushbu ofertada ishlatiladigan tushunchalar:

Oferta — shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif.

Oferta aksepti — Buyurtmachining ushbu ofertani to‘liq va shartsiz qabul qilganligini bildiruvchi harakat. Aksept amalga oshirilgan paytdan boshlab shartnoma kuchga kiradi.

Ma’muriyat / O‘quv markazi — “DIYORBEK'S IELTS” NTM (STIR 309877531), manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 2-“Charx Kamolon” MFY, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 1-uy hamda uning tasdiqlangan filiallari.

Buyurtmachi — IELTS MOCK imtihoni xizmatiga buyurtma bergan, ro‘yxatdan o‘tgan va xizmat uchun to‘lovni amalga oshirgan jismoniy shaxs.

O‘quvchi / Imtihon topshiruvchi — IELTS MOCK imtihonida bevosita ishtirok etuvchi shaxs. O‘quvchi Buyurtmachining o‘zi yoki voyaga yetmagan shaxs bo‘lsa, uning ota-onasi yoki qonuniy vakili bo‘lishi mumkin.

MOCK imtihoni — IELTS imtihonining formati, vaqt chegaralari, topshiriq turlari va imtihon muhitini imkon qadar yaqin tarzda simulyatsiya qilishga qaratilgan sinov imtihoni.

Full IELTS MOCK — Listening, Reading, Writing va Speaking bo‘limlaridan iborat to‘liq MOCK imtihoni.

Section — MOCK imtihonining alohida bo‘limi: Listening, Reading, Writing yoki Speaking.

Examiner — Speaking imtihonini baholovchi, IELTS Speaking bo‘yicha kamida 8.0 band natijaga ega bo‘lgan O‘quv markazi tomonidan jalb etilgan mutaxassis.

Band Score — har bir IELTS section bo‘yicha qo‘yiladigan ball.

Overall Band Score — Listening, Reading, Writing va Speaking natijalari asosida hisoblanadigan umumiy MOCK natijasi.

Prays-list — O‘quv markazining MOCK imtihoni uchun amalda bo‘lgan xizmat narxlari ro‘yxati.

Tomonlar — O‘quv markazi va Buyurtmachi/O‘quvchi.

1.2. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.

1.3. Ofertani aksept qilgan shaxs ushbu shartnoma doirasida Buyurtmachining barcha huquq va majburiyatlarini qabul qiladi.

1.4. Oferta aksepti quyidagi harakatlardan biri orqali amalga oshiriladi:

  • MOCK imtihoni uchun to‘lovni amalga oshirish;
  • MOCK imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish;
  • shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish;
  • MOCK imtihonida ishtirok etish;
  • O‘quv markazining MOCK xizmatidan foydalanish niyatini bildiruvchi boshqa harakatni amalga oshirish.

1.5. Akseptni amalga oshirishdan oldin Buyurtmachi:

  • shartnoma shartlarini to‘liq o‘qib chiqqanligini;
  • shartnoma mazmunini tushunganligini;
  • shartnoma shartlarini e’tirozsiz qabul qilganligini;
  • o‘z irodasi bilan, hech qanday majburlovsiz shartnomani aksept qilganligini tasdiqlaydi.

Agar xizmatdan voyaga yetmagan shaxs foydalansa, Buyurtmachi sifatida uning ota-onasi yoki qonuniy vakili ishtirok etadi.

1.6. Shartnoma Oferta aksept qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargunga qadar amal qiladi.

1.7. O‘n uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar nomidan ushbu ofertani faqat ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari aksept qilishi mumkin.

2-BO‘LIM. SHARTNOMA PREDMETI

2.1. Ushbu shartnomaga muvofiq, O‘quv markazi Buyurtmachiga Full IELTS MOCK xizmatini ko‘rsatadi, Buyurtmachi esa mazkur xizmat uchun belgilangan tartibda haq to‘laydi.

2.2. Full IELTS MOCK quyidagi to‘rtta sectiondan iborat:

  • Listening;
  • Reading;
  • Writing;
  • Speaking.

2.3. MOCK imtihoni IELTS imtihonining formati, vaqt chegaralari, topshiriq turlari va imtihon muhitini imkon qadar yaqin tarzda simulyatsiya qilishga qaratilgan xizmat hisoblanadi.

2.4. MOCK imtihoni IELTS tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan rasmiy IELTS imtihoni hisoblanmaydi va MOCK natijasi IELTS sertifikati o‘rnini bosmaydi.

2.5. MOCK imtihoni natijalari O‘quv markazi tomonidan baholash mezonlari va mazkur shartnomada belgilangan tartibda aniqlanadi.

2.6. Har bir section bo‘yicha alohida Band Score hamda barcha sectionlar bo‘yicha Overall Band Score taqdim etiladi.

2.7. Speaking section bo‘yicha Buyurtmachiga feedback taqdim etiladi.

2.8. Writing section bo‘yicha individual feedback taqdim etilmaydi.

2.9. MOCK natijalari imtihon topshirilgan kundan boshlab 1 (bir) kundan 4 (to‘rt) kungacha bo‘lgan muddatda e’lon qilinadi.

3-BO‘LIM. MOCK IMTIHONINI O‘TKAZISH TARTIBI

3.1. MOCK imtihonining sanasi, boshlanish vaqti va o‘tkaziladigan joyi Buyurtmachiga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida yoki O‘quv markazi tomonidan belgilangan boshqa aloqa kanallari orqali ma’lum qilinadi.

3.2. Buyurtmachi MOCK imtihoniga belgilangan vaqtdan oldin kelishi va ro‘yxatdan o‘tish jarayonidan o‘tishi lozim.

3.3. MOCK imtihoni boshlanganidan keyin 10 (o‘n) daqiqagacha kechikkan Buyurtmachi imtihonga O‘quv markazi tomonidan belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.

3.4. Buyurtmachi MOCK imtihoni boshlanganidan keyin 10 (o‘n) daqiqadan ko‘p kechiksa, O‘quv markazi uni mazkur imtihonga kiritmaslik huquqiga ega.

3.5. 10 (o‘n) daqiqadan ko‘p kechikkan Buyurtmachi bo‘yicha O‘quv markazi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, mavjud bo‘sh o‘rinlardan kelib chiqib, MOCK imtihonini bir marta boshqa sanaga ko‘chirish imkoniyatini berishi mumkin.

3.6. Agar Buyurtmachi ikkinchi marta ham belgilangan MOCK imtihoni vaqtiga 10 daqiqadan ko‘p kechiksa, u imtihonga kiritilmaydi va to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi.

3.7. Buyurtmachi MOCK imtihoniga o‘zi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni olib kelishi shart. O‘quv markazi zarur hollarda shaxsni identifikatsiya qilish uchun tegishli hujjatni talab qilish huquqiga ega.

3.8. Buyurtmachi imtihon jarayonida O‘quv markazi tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishi shart.

4-BO‘LIM. O‘QUV MARKAZINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. O‘quv markazining majburiyatlari:

4.1.1. Buyurtmachiga mazkur shartnomada nazarda tutilgan Full IELTS MOCK xizmatini ko‘rsatish.

4.1.2. MOCK imtihonini oldindan belgilangan sana, vaqt va joyda tashkil etish.

4.1.3. MOCK imtihonini imkon qadar IELTS imtihonining amaldagi formatiga yaqin sharoitda tashkil etish.

4.1.4. Har bir section bo‘yicha Band Score aniqlash.

4.1.5. Overall Band Score taqdim etish.

4.1.6. Speaking section bo‘yicha Buyurtmachiga feedback taqdim etish.

4.1.7. Natijalarni imtihon topshirilgan kundan boshlab 1–4 kun ichida e’lon qilish.

4.1.8. Buyurtmachining belgilangan tartibda bildirgan e’tirozlarini ko‘rib chiqish.

4.2. O‘quv markazining huquqlari:

4.2.1. Buyurtmachidan mazkur shartnoma talablariga rioya etishni talab qilish.

4.2.2. Imtihon jarayonida tartib-qoidalarni buzgan Buyurtmachini imtihondan chetlashtirish.

4.2.3. Akademik halollik qoidalarini buzgan Buyurtmachining MOCK natijasini bekor qilish.

4.2.4. Quyidagi holatlarda Buyurtmachini MOCK imtihoniga kiritmaslik yoki imtihondan chetlashtirish:

  • telefon yoki boshqa elektron qurilmalardan ruxsatsiz foydalanish;
  • internet, Google, tarjimon, AI vositalari yoki boshqa tashqi manbalardan foydalanish;
  • boshqa shaxsdan javob olish;
  • boshqa shaxsga javob berish yoki yordam ko‘rsatish;
  • imtihon materiallarini ko‘chirish, suratga olish yoki tarqatish;
  • boshqa ishtirokchilar bilan ruxsatsiz muloqot qilish;
  • boshqa ishtirokchilarga xalaqit berish;
  • imtihon topshiriqlarini boshqa shaxslar bilan muhokama qilish;
  • imtihon jarayonini audio, video yoki boshqa shaklda yozib olish;
  • o‘z o‘rniga boshqa shaxsni imtihonga kiritish yoki boshqa shaxs nomidan imtihon topshirish;
  • imtihon materiallaridan ruxsatsiz foydalanish;
  • O‘quv markazi xodimlari yoki boshqa ishtirokchilarga nisbatan haqorat, tajovuzkorlik yoki boshqa nomaqbul xatti-harakatlarni sodir etish;
  • imtihon tartibiga xalaqit beradigan boshqa har qanday harakatlarni amalga oshirish.

4.2.5. Akademik halollik qoidalari buzilgan taqdirda Buyurtmachining tegishli section natijasini yoki butun MOCK natijasini bekor qilish.

4.2.6. Mazkur bandda nazarda tutilgan qoidabuzarliklar sababli xizmat to‘xtatilgan yoki natija bekor qilingan taqdirda to‘langan mablag‘ni qaytarmaslik.

4.2.7. Zarur hollarda MOCK imtihoni sanasi, vaqti yoki o‘tkazilish joyini o‘zgartirish.

4.2.8. O‘quv markazining tashabbusiga ko‘ra MOCK imtihoni bekor qilingan taqdirda Buyurtmachiga navbatdagi mavjud imtihon sanasiga ko‘chirish yoki ushbu shartnomada belgilangan tartibda pul mablag‘larini qaytarish imkoniyatini berish.

5-BO‘LIM. BUYURTMACHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Buyurtmachining majburiyatlari:

5.1.1. MOCK imtihoni uchun to‘lovni belgilangan muddatda va to‘liq amalga oshirish.

5.1.2. MOCK imtihoniga belgilangan vaqtda kelish.

5.1.3. O‘quv markazi tomonidan belgilangan imtihon tartib-qoidalariga rioya qilish.

5.1.4. Imtihon davomida akademik halollik qoidalariga rioya qilish.

5.1.5. Boshqa ishtirokchilarga xalaqit bermaslik.

5.1.6. O‘quv markazining mulki va jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish.

5.1.7. Ro‘yxatdan o‘tishda taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlash.

5.1.8. O‘quv markazi xodimlarining qonuniy va imtihon jarayoniga taalluqli ko‘rsatmalariga rioya qilish.

5.2. Buyurtmachining huquqlari:

5.2.1. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan MOCK xizmatidan foydalanish.

5.2.2. Har bir section bo‘yicha Band Score olish.

5.2.3. Overall Band Score olish.

5.2.4. Speaking section bo‘yicha feedback olish.

5.2.5. O‘zining MOCK natijalari bo‘yicha 3 (uch) kun ichida e’tiroz bildirish.

5.2.6. Belgilangan shartlarga muvofiq MOCK imtihoni sanasini bir marta boshqa sanaga ko‘chirishni so‘rash.

6-BO‘LIM. MOCK IMTIHONI SANASINI KO‘CHIRISH

6.1. Buyurtmachi MOCK imtihoni sanasini boshqa kunga ko‘chirishni so‘rashi mumkin.

6.2. O‘quv markazi mavjud bo‘sh o‘rinlardan kelib chiqib, Buyurtmachining MOCK imtihoni sanasini bir marta navbatdagi mavjud imtihon kunlaridan biriga ko‘chirishga ruxsat berishi mumkin.

6.3. Imtihon sanasini ko‘chirish O‘quv markazi tomonidan tasdiqlanganidan keyingina kuchga kiradi.

6.4. Bir marta boshqa sanaga ko‘chirilgan MOCK imtihonining yangi sanasiga Buyurtmachi kelmagan yoki belgilangan vaqtdan 10 daqiqadan ko‘p kechikkan taqdirda, ushbu xizmat bo‘yicha to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi.

7-BO‘LIM. TO‘LOV TARTIBI

7.1. MOCK imtihoni xizmatining narxi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda belgilanadi.

7.2. To‘lovlar naqd pul, bank kartasi, elektron to‘lov tizimlari yoki pul ko‘chirish orqali amalga oshirilishi mumkin.

7.3. MOCK imtihoni narxi O‘quv markazining amaldagi prays-listiga muvofiq belgilanadi.

7.4. Buyurtmachi MOCK imtihoni uchun belgilangan to‘lovni imtihonga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida yoki O‘quv markazi tomonidan belgilangan boshqa muddatda to‘liq amalga oshirishi shart.

7.5. Buyurtmachi tomonidan MOCK imtihoniga kelinmaganligi, kechikilganligi yoki ushbu shartnoma talablarini buzganligi sababli xizmatdan foydalanilmagan hollarda, mazkur shartnomada alohida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, to‘lov qaytarilmaydi.

8-BO‘LIM. PUL MABLAG‘LARINI QAYTARISH (REFUND) TARTIBI

8.1. Buyurtmachining to‘langan MOCK imtihoni uchun pul mablag‘lari quyidagi hollarda qaytarilishi mumkin:

8.1.1. Buyurtmachi MOCK imtihoni boshlanishidan kamida 3 (uch) kun oldin O‘quv markazi ma’muriyatini xizmatdan voz kechishi haqida xabardor qilsa;

8.1.2. O‘quv markazi tashabbusiga ko‘ra MOCK imtihoni bekor qilinsa va Buyurtmachi imtihon sanasini boshqa sanaga ko‘chirishga rozi bo‘lmasa;

8.1.3. O‘quv markazi xizmatni ko‘rsatishni davom ettira olmaydigan fors-major holatlari yuzaga kelsa.

8.2. Agar Buyurtmachi MOCK imtihoni boshlanishidan kamida 3 (uch) kun oldin O‘quv markazini xabardor qilsa, to‘langan summa 100 (yuz) foiz miqdorida qaytariladi.

8.3. Agar Buyurtmachi MOCK imtihoni boshlanishiga 3 (uch) kundan kam vaqt qolganda xizmatdan voz kechishini ma’lum qilsa, to‘langan summa qaytarilmaydi.

8.4. Buyurtmachining MOCK imtihoniga kelmaganligi, sababidan qat’i nazar, imtihon o‘rnining band qilinganligi sababli xizmatdan voz kechish sifatida baholanadi va to‘langan summa qaytarilmaydi.

8.5. Agar O‘quv markazi davlat bayramlari, texnik sabablar yoki boshqa O‘quv markaziga bog‘liq holatlar sababli MOCK imtihonini bekor qilsa va Buyurtmachiga xizmatni boshqa sanada ko‘rsatish imkoniyatini taqdim eta olmasa, to‘langan summa to‘liq qaytariladi.

8.6. Agar O‘quv markazi MOCK imtihonini boshqa sanaga ko‘chirish imkoniyatini taqdim etsa, Buyurtmachi o‘z xohishiga ko‘ra navbatdagi mavjud imtihon sanalaridan biriga ko‘chirishni tanlashi mumkin.

8.7. Agar Buyurtmachi akademik halollik qoidalarini buzsa, imtihon tartib-qoidalariga rioya qilmasa, imtihondan chetlashtirilsa yoki uning natijasi qoidabuzarlik sababli bekor qilinsa, to‘langan summa qaytarilmaydi.

9-BO‘LIM. PUL MABLAG‘LARINI QAYTARISHNI RASMIYLASHTIRISH

9.1. Pul mablag‘larini qaytarish uchun Buyurtmachi, agar Buyurtmachi voyaga yetmagan bo‘lsa uning qonuniy vakili, O‘quv markazi direktoriga yozma ariza topshirishi shart.

9.2. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • Buyurtmachining F.I.Sh.;
  • O‘quvchining F.I.Sh.;
  • Buyurtmachining pasport yoki ID-karta ma’lumotlari;
  • aloqa uchun telefon raqami;
  • pul mablag‘larini qaytarish sababi;
  • qaytarilishi lozim bo‘lgan summa;
  • agar to‘lov naqdsiz shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, bank rekvizitlari, plastik karta raqami va karta egasining F.I.Sh.

9.3. Arizaga Buyurtmachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat — chek, kvitansiya yoki to‘lov ilovasidan olingan skrinshot ilova qilinadi.

9.4. Ariza O‘quv markazi ma’muriyati tomonidan topshirilgan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

9.5. Ariza ma’qullangan taqdirda, pul mablag‘lari to‘lov qanday usulda amalga oshirilgan bo‘lsa, xuddi shu usulda qaytariladi — filial kassasida naqd pul ko‘rinishida yoki Buyurtmachining kartasiga bank o‘tkazmasi orqali.

9.6. Tasdiqlangan refund qarori bo‘yicha pul mablag‘larini qaytarish qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 (besh) bank kuni ichida amalga oshiriladi.

10-BO‘LIM. MOCK NATIJALARI VA E’TIROZLARNI KO‘RIB CHIQISH

10.1. MOCK natijalari imtihon topshirilgan kundan boshlab 1–4 kun ichida e’lon qilinadi.

10.2. Buyurtmachiga quyidagi natijalar taqdim etiladi:

  • Listening Band Score;
  • Reading Band Score;
  • Writing Band Score;
  • Speaking Band Score;
  • Overall Band Score.

10.3. Speaking section bo‘yicha Buyurtmachiga feedback taqdim etiladi.

10.4. Writing section bo‘yicha individual feedback taqdim etilmaydi.

10.5. Buyurtmachi o‘zining MOCK natijalariga nisbatan e’tirozlarini natija e’lon qilingan kundan boshlab 3 (uch) kun ichida O‘quv markaziga bildirishi mumkin.

10.6. E’tirozda Buyurtmachi qaysi section bo‘yicha natijadan norozi ekanligini aniq ko‘rsatishi lozim.

10.7. Bildirilgan e’tiroz asosida faqat e’tiroz bildirilgan section qayta tekshiriladi.

10.8. Qayta baholash Buyurtmachi uchun bepul amalga oshiriladi.

10.9. Qayta baholash natijasida section bo‘yicha ball o‘zgartirilishi yoki avvalgi natija o‘z kuchida qoldirilishi mumkin.

10.10. Qayta baholash yakunlangandan keyin Buyurtmachiga qayta ko‘rib chiqish natijasi ma’lum qilinadi.

10.11. Speaking sectionni baholash O‘quv markazi tomonidan jalb etilgan, Speaking Band Score kamida 8.0 bo‘lgan Examinerlar tomonidan amalga oshiriladi.

10.12. O‘quv markazi imkoniyatidan kelib chiqib, Speaking Examiner sifatida Band Score 8.5 yoki 9.0 natijaga ega mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.

10.13. MOCK natijasi rasmiy IELTS natijasi hisoblanmaydi va O‘quv markazi MOCK natijasining Buyurtmachining kelgusidagi rasmiy IELTS imtihonidagi natijasi bilan bir xil bo‘lishini kafolatlamaydi.

11-BO‘LIM. AKADEMIK HALOLLIK VA QOIDABUZARLIKLAR

11.1. Buyurtmachi MOCK imtihonini mustaqil ravishda topshirishi shart.

11.2. Quyidagilar akademik halollik qoidalarini buzish hisoblanadi:

  • ko‘chirish;
  • boshqa ishtirokchidan javob olish;
  • boshqa ishtirokchiga javob berish;
  • telefon yoki boshqa elektron qurilmadan ruxsatsiz foydalanish;
  • internetdan foydalanish;
  • Google yoki boshqa qidiruv tizimlaridan foydalanish;
  • elektron yoki onlayn tarjimonlardan foydalanish;
  • sun’iy intellekt (AI) vositalaridan foydalanish;
  • oldindan tayyorlangan yoki tashqi manbalardan olingan materiallardan foydalanish;
  • imtihon materiallarini ruxsatsiz suratga olish yoki yozib olish;
  • imtihon materiallarini uchinchi shaxslarga berish yoki tarqatish;
  • boshqa shaxs yordamidan foydalanish;
  • o‘rniga boshqa shaxsni imtihonga kiritish;
  • boshqa ishtirokchilar bilan ruxsatsiz muloqot qilish;
  • Examiner yoki O‘quv markazi xodimining ko‘rsatmalarini bajarmaslik;
  • imtihon jarayoniga xalaqit beruvchi boshqa harakatlarni sodir etish.

11.3. Akademik halollik qoidalari buzilgan taqdirda O‘quv markazi:

  • Buyurtmachini imtihondan chetlashtirish;
  • tegishli section natijasini bekor qilish;
  • butun MOCK natijasini bekor qilish;
  • kelgusidagi MOCK imtihonlariga ishtirok etishni cheklash huquqiga ega.

11.4. Mazkur bandda ko‘rsatilgan qoidabuzarliklar sababli xizmat to‘xtatilgan yoki natija bekor qilingan taqdirda, Buyurtmachiga to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi.

12-BO‘LIM. O‘QUV MARKAZIDA XULQ-ATVOR QOIDALARI

12.1. MOCK imtihoni vaqtida quyidagi harakatlar taqiqlanadi:

  • baqirish va shovqin qilish;
  • boshqa ishtirokchilarga xalaqit berish;
  • janjallashish;
  • haqoratli so‘zlardan foydalanish;
  • O‘quv markazi xodimlariga nisbatan hurmatsizlik yoki tajovuzkorlik;
  • boshqa ishtirokchilarni kamsitish;
  • chekish;
  • O‘quv markazi hududida tartibsizlik keltirib chiqarish;
  • qurol yoki boshqa xavfli buyumlarni olib kirish;
  • O‘quv markazi mulkiga zarar yetkazish.

12.2. Mazkur qoidalarni buzgan Buyurtmachi O‘quv markazi tomonidan imtihondan chetlashtirilishi mumkin.

12.3. Mazkur holatda to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi.

13-BO‘LIM. FORS-MAJOR HOLATLARI

13.1. Hech bir Tomon ikkinchi Tomonga nisbatan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, agar bu holat fors-major, ya’ni yengib bo‘lmaydigan kuchlar natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa.

13.2. Fors-major holatlariga quyidagilar kiradi:

  • urush va harbiy harakatlar;
  • fuqarolik tartibsizliklari;
  • epidemiya va karantin;
  • yong‘in;
  • zilzila;
  • suv toshqini;
  • tabiiy ofatlar;
  • internet yoki aloqa tizimidagi uzilishlar;
  • davlat organlarining qarorlari yoki ularning oqibatlari;
  • Tomonlarning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar.

13.3. Agar fors-major holatlari sababli MOCK imtihonini belgilangan sanada o‘tkazish imkonsiz bo‘lsa, O‘quv markazi imtihonni boshqa sanaga ko‘chirish yoki mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda pul mablag‘larini qaytarish imkoniyatini taqdim etadi.

13.4. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, O‘quv markazi Buyurtmachini imkon qadar tezkor ravishda xabardor qiladi.

14-BO‘LIM. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

14.1. Buyurtmachi MOCK imtihoniga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zining F.I.Sh., tug‘ilgan sanasi, telefon raqami va zarur boshqa ma’lumotlarini taqdim etadi.

14.2. Buyurtmachi taqdim etgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun shaxsan javobgar.

14.3. O‘quv markazi Buyurtmachining shaxsiy ma’lumotlarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq qayta ishlaydi va saqlaydi.

14.4. MOCK imtihoni jarayonida foto va video materiallar olinishi mumkin. Bunday materiallardan foydalanish tartibi O‘quv markazining tegishli siyosati va amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

15-BO‘LIM. NIZOLAR VA KELISHMOVCHILIKLARNI HAL ETISH

15.1. Ushbu shartnoma tuzilishi, talqini, bajarilishi, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi bilan bog‘liq barcha nizolar Tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.

15.2. Agar muzokaralar natija bermasa, hal etilmagan nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq vakolatli sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

16-BO‘LIM. YAKUNIY QOIDALAR

16.1. Buyurtmachi MOCK imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish orqali ushbu shartnomaning barcha shartlarini o‘qib chiqqanligi, tushunganligi va to‘liq qabul qilganligini tasdiqlaydi.

16.2. Ushbu shartnoma O‘quv markazi tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkin. Shartnomaning yangi tahriri O‘quv markazining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari yoki boshqa rasmiy aloqa kanallari orqali e’lon qilinishi mumkin.

16.3. MOCK imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish va xizmatdan foydalanishni davom ettirish Buyurtmachining shartnomaning amaldagi tahririga roziligini anglatadi.

16.4. Buyurtmachi mazkur shartnoma shartlari bilan tanishgan holda xizmatga buyurtma beradi.

16.5. Agar Buyurtmachi voyaga yetmagan bo‘lsa, mazkur shartnoma bo‘yicha barcha harakatlar uning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan amalga oshiriladi.

16.6. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.

16.7. Shartnomada nazarda tutilmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.

17-BO‘LIM. O‘QUV MARKAZINING REKVIZITLARI

Mas’ul tashkilot:
“DIYORBEK'S IELTS” NTM
Yuridik manzil:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahriston MFY, Amir Temur shoh ko‘chasi, 129-v uy
Hisobraqami:
20208000405575288002
MFO:
01145
STIR:
309877531
Telefon:
+998 99 570 70 20
Direktor:
Hayitmurodov I. D.