Mocky iconMocky

“DIYORBEK'S IELTS” NTM NING

IELTS MOCK IMTIHONI BO‘YICHA
PUL MABLAG‘LARINI QAYTARISH QOIDALARI

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “DIYORBEK'S IELTS” NTM O‘quv markazining Ommaviy ofertasi (keyingi o‘rinlarda — O‘quv markazi) shartlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

1.2. Mazkur hujjat Buyurtmachi/ Mock imtihoni topshiruvchi shaxs (keyingi o‘rinlarda — Buyurtmachi) ta’lim xizmatlari uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish asoslari, hisob-kitob qilish tartibi va qaytarish jarayonini belgilaydi.

2. PUL MABLAG‘LARINI QAYTARISH ASOSLARI

2.1. Pul mablag‘lari quyidagi hollarda qaytariladi:

  • Buyurtmachining to‘langan mock imtihoni boshlanishidan kamida 3 kun oldin mock imtihoni xizmatlaridan voz kechish istagini bildirsa;
  • O‘quv markazi tashabbusiga ko‘ra mock imtihonlarining bekor qilinishi va Buyurtmachining mock imtihoni kunini boshqa sanaga o‘tkazilishga rozi bo‘lmasligi;
  • O‘quv markazi xizmatlarni ko‘rsatishni davom ettira olmaydigan fors-major holatlari yuzaga kelishi.

3. QAYTARILADIGAN SUMMANI HISOBLASH TARTIBI

3.1. Agar Buyurtmachi mock imtihoni boshlanishidan 3 kun oldin O‘quv markazi ma’muriyatini mock imtihoni xizmatlaridan voz kechishi haqida xabardor qilsa, to‘langan summa to‘liq (100 foiz) qaytariladi.

3.2. Agar buyurtmachi imtihon kuni sanasini ko’chirishni so’rasa, o’quv markazi o’z ixtiyoriga ko’ra navbatdagi bo’sh orin mavjud imtihon kunlaridan biriga bir marta ko‘chirishga ruxsat beradi.

3.4. Agar O‘quv markazi davlat bayramlari yoki boshqa texnik sabablarga ko‘ra mock imtihonlarini bekor qilsa va ularni qoplash imkoniyatini taqdim etmasa, ushbu mock imtihoni uchun to‘langan summa to‘liq qaytariladi, yoki buyurtmachining xohishiga ko‘ra navbatdagi bo’sh orin mavjud imtihon kunlaridan biriga ko‘chirib beriladi.

4. PUL MABLAG‘LARI QAYTARILMAYDIGAN HOLATLAR

4.1. Agar Buyurtmachi mock imtihoni boshlanishiga 3 kundan kam vaqt qolganda mock imtihoni xizmatlaridan voz kechishini ma’lum qilsa, yoki mock imtihoniga kelmasa (har qanday sababga ko’ra) mock imtihoni o’rnini band qilib turgan hisoblanadi va to’langan summa qaytarilmaydi.

4.2. Agar shartnoma O‘quv markazining tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama tartibda quyidagi sabablar bilan bekor qilingan bo‘lsa, pul mablag‘lari qaytarilmaydi:

  • Buyurtmachining umume’tirof etilgan xulq-atvor normalarini buzishi (baqirish, shovqin qilish, chekish, ovqat olib kirish, janjallashish, boshqa o‘quvchilar yoki xodimlarga nisbatan diskriminatsiya yoki tajovuzkorlik, haqoratli so‘zlar ishlatish, qurol olib kirish va boshqa tartibsizliklar. Ushbu holatlar shartnomani bekor qilish va to‘lovlarni qaytarilmasligiga sabab bo‘ladi.);

5. PUL MABLAG‘LARINI QAYTARISHNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

5.1. Pul mablag‘larini qaytarish uchun Buyurtmachi (yoki Buyurtmachi voyaga yetmagan bo‘lsa, uning qonuniy vakili) O‘quv markazi direktori nomiga yozma ariza topshirishi shart.

5.2. Arizada majburiy ravishda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • Ta’lim oluvchi va Buyurtmachining (to‘lovni amalga oshirgan shaxsning) F.I.Sh.;
  • Buyurtmachining pasport ma’lumotlari yoki ID-karta ma’lumotlari;
  • Aloqa uchun telefon raqami;
  • Pul mablag‘larini qaytarish sababi;
  • Qaytarilishi lozim bo‘lgan summa;
  • Agar to‘lov naqdsiz shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, bank rekvizitlari (plastik karta raqami va karta egasining F.I.Sh.).

5.3. Arizaga Buyurtmachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat (chek, kvitansiya yoki to‘lov ilovasidan olingan skrinshot) ilova qilinadi.

5.4. Ariza O‘quv markazi ma’muriyati tomonidan topshirilgan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

5.5. Ariza ma’qullangan taqdirda, pul mablag‘lari to‘lov qanday usulda amalga oshirilgan bo‘lsa, xuddi shu usulda qaytariladi (filial kassasida naqd pul ko‘rinishida yoki Buyurtmachining kartasiga bank o‘tkazmasi orqali) va qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 (besh) bank kuni ichida amalga oshiriladi.

6. REKVIZITLAR

Mas’ul tashkilot:
“DIYORBEK'S IELTS” NTM
Yuridik manzil:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahriston MFY, Amir Temur shoh ko‘chasi, 129-v uy
Hisobraqami:
20208000405575288002
MFO:
01145
STIR:
309877531
Telefon:
+998 99 570 70 20
Direktor:
Hayitmurodov I. D.